Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi: 5 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi
Venesuela shimolidagi Karobobo shtatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi, 29 yo‘lovchi jarohatlandi. Bu haqda 18 avgust kuni hudud fuqarolik mudofaasi kuchlari vakili xabar bergan.
Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar ichida to‘rt nafar bola ham bor. Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Taxminiy ma'lumotlarga qaraganda, baxtsiz hodisaga transport vositasidagi “mexanik nosozlik” sabab bo‘lgan.
Huquq-tartibot xizmati xodimlari yo‘l-transport hodisasi tafsilotlarini o‘rganishga kirishgan. Voqea joyida kriminalist-mutaxassislar va yo‘l politsiyasi xodimlari faoliyat olib bormoqda.