Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik ayol umrbod qamoq jazosidan qochish uchun 13 marotaba homilador bo‘ldi
Poraxo‘rlikda ayblangan xitoylik ayol umrbod qamoq jazosidan qutulish uchun 10 yil davomida homilador bo‘lib yashagan.
Tszen familiyali ayol qamoqda o‘tirmaslik uchun 10 yil ichida 14 marotaba o‘zining homilador ekanini ma'lum qilgan. Faqatgina bir marta yolg‘on gapirgan.
Anhui News gazetasining yozishicha, 2005 yilning oktabrida sud ayolni korrupsiyada aloqador deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan. Biroq sudlanuvchining homiladorligi inobatga olinib, jazoni ijro etish muddati vaqtinchalik o‘zgartirilgan.
Navbatdagi muddatga ruxsat olishi bilanoq ayol homilasini abort qildirib, keyingi muddat oldidan yana homilador bo‘lib olgan. Shu tarzda ketma-ket o‘n yil o‘tdi. Faqatgina bir marta ayolning gapi yolg‘on bo‘lib chiqqan, qolgan 13 holatda u rostdan ham farzand kutgan.
Yaqinga qadar Urumchi shahar (Sintszyan avtonom viloyati) sud byurosi poraxo‘rligi sabab umrbod qamoq jazosiga tortilgan ayolni qamoqqa olish haqidagi sud hukmini qayta ko‘rib kelayotgan edi. Biroq ayni paytda 39 yoshli Tszen haqiqatdan ham qamoqxonada.
Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, Xitoyda profilaktika maqsadida amaldorlar sobiq poraxo‘r-hamkasblari hukmni ado etayotgan qamoqxonalarga ekskursiyalarga olib boriladi.