Sport | 12:53 / 19.08.2015
2337
1 daqiqa o‘qiladi

“Rio-2016” o‘yinlarida futbol uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadionlar nomi e'lon qilindi

“Rio-2016” o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi futbol bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi uchrashuvlar o‘tadigan stadionlarning yakuniy ro‘yxatini tasdiqladi.

Unga ko‘ra Olimpiada o‘yinlarining futbol musobaqalari Rio-de-Janeyroning “Marakana”, Manausning “Amazoniya”, Belu-Orizontining “Mineyrau”, Brazilianing “Mane Garrincha”, Salvadorning “Fonte-Nova” va San-Paulu shahrining “Korintians” stadionlarida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu stadionlarda 2014 yilgi jahon chempionati bahslari ham bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, 18 avgust kuni Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) Olimpiada o‘yinlarida sportcha yurish bo‘yicha musobaqalar Rio-de-Janeyroning Flamengo istirohat bog‘idan Pontal munitsipalitetiga ko‘chirilganligini tasdiqladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish