Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Boko Haram”ning Nigeriyadagi Kukuva-Gari qishlog‘iga hujumi qurbonlari soni 160 kishiga yetdi
Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Yobe shtatida joylashgan Kukuva-Gari qishlog‘iga o‘tgan haftada "Boko Haram" jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 160 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda mahalliy jamoatchilik bergan ma'lumotlarga asoslanib, TASS nashri xabar qilgan.
Ma'lum qilinishicha, qishloqni jangarilar egallagach, qochmoqchi bo‘lgan aholining aksar qismi daryoda cho‘kib ketgan. Bu voqea o‘tgan haftada sodir bo‘lgan, OAVlar esa bundan 18 avgust kunigina xabar topgan.
Guvohlarning qayd etishicha, Kukuva-Gari shahriga bosqin uyushtirilishi, keyingi oylar ichida "Boko Haram" tomonidan amalga oshirilgan eng yirik xunrezlik bo‘ldi.
Hozircha Nigeriya hukumati bu hujumga rasmiy munosabat bildirmagan.