Sport | 10:03 / 20.08.2015
1688
1 daqiqa o‘qiladi

Alen Xalilovich yangi mavsumni ijara asosida "Sporting Xixon" jamoasida o‘tkazadi

"Barselona"ning xorvatiyalik yosh futbolchisi Alen Xalilovich keyingi mavsumni Xixonning "Sporting" klubida ijara asosida o‘tkazadi. Bu ma'lumotni 19 yoshli futbolchining agenti tasdiqlagan.

Bu haqidagi kelishuvga xalaqit qilishi mumkin bo‘lgan sabab ko‘rinmayapti va kelishuv haqida shu haftaning juma kuni rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

"Futbolchining o‘zi qaror qabul qilib bo‘lgan. Kelishuvning barcha jihatlari haqida gaplashib olindi. Shartnoma tuzilishiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan sababni ko‘rmayapman", deydi futbolchining agenti Cadena Cope nashriga bnrgan intervyusida.

Biroz oldinroq, Xalilovich Germaniyadagi jamoalardan birida paydo bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Xalilovich o‘tgan mavsumni Segundada "Barselona B" tarkibida o‘tkazdi. U 30ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta golga mualliflik qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish