09:07 / 20.08.2015
2405

Ashxobodda O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ashxobodda savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi o‘n birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning bir qator idoralari va strukturalarining vakillari ishtirok etdi.

Ashxoboddagi yig‘ilishda ishtirok etish uchun O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Turkmaniston davlat axborot agentligining ma'lum qilishicha, komissiyaning ushbu yig‘ilishida ikki tomonlama aloqalarning turli yo‘nalishlari, xususan, transport-kommunikatsiya kompleksi, tranzit va savdo muhokama qilindi.

Komissiya a'zolari, shuningdek, gumanitar hamkorlik masalasini muhokama qilishdi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra bayonnoma imzolandi.

Top