Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank of America Merrill Lynch banki: Rossiya rubli kursi 2015 yil oxiriga borib yanada yomonlashadi
Amerikaning Bank of America Merrill Lynch investitsion banki Rossiya rubli kursining 2015 yil oxiriga borib 60 rub/dollar kursidan ham yomonlashishini bashorat qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar tarqatmoqda.
Bank neft narxining kelgusi uch yildagi ko‘rsatkichi bo‘yicha ham o‘z bashoratlarini bildirib o‘tgan va buning natijasida rublning 1 dollarga nisbatan ko‘rsatkichi 61 rublni tashkil qilishini ta'kidlagan.
Bunga neftning jahon bozoridagi arzonlashishi davom etishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. AQShning tijorat neft zaxirasi 10-14 avgust oralig‘ida 2,62 mln. barrelga oshib 456,2 mln. barrelni tashkil qilmoqda.
Buning natijasida Brent neft markasining narxi oktabr oyiga borib 0,45 foizga arzonlashib, bir barrel neft narxi 46,95 dollarga tushishi bashorat qilinmoqda.
Bloomberg tahlilchilariga ko‘ra, 2015 yilning to‘rtinchi choragida Rossiya valyutasining dollarga nisbatan kursi 63,33 rubl atrofida bo‘ladi.