02:00 / 20.08.2015
26673

Davlat test markazi saytida o‘qishga kirish test natijalarini bilish imkoniyati paydo bo‘ldi

O‘zbekiston Davlat test markazi saytida oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun topshirilgan test imtihonlarining javoblarini tekshirish xizmati paydo bo‘ldi. Buning uchun result2015.dtm.uz saytiga kirib, undan javoblarni bilib olishingiz mumkin. Xizmat bepul taqdim etiladi. Abitiruyentlar javoblar varaqalaridagi raqamni kiritib, necha ball olgani, o‘qishga kirgan-kirmaganini tekshirib olishlari mumkin.

Natijalarni bilishni istovchilarning ko‘pligi sababli, ushbu xizmat, SMS va Click orqali xizmatlar ishida nosozliklar kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarga o‘qishga kirish imtihonlari natijalari 20 avgust soat 9:00 dan boshlab OTM hududlaridagi maxsus stendlarda e'lon qilinadi.

Abitiruyentlar test natijalarini bevosita OTMga bormasdan, SMS orqali (Ucell va UzMobile abonentlari), Click tizimi, Telegram dasturi yordamida (kontaktlar ro‘yxatiga @DTMbot yoki @DTMrobot robotini qo‘shish va yo‘riqnomaga rioya etish lozim) bilishlari ham mumkin. Bu xizmatlar uchun pul olinadi.

Top