O‘zbekiston | 12:39 / 20.08.2015
2740
1 daqiqa o‘qiladi

Dushanbeda ShHT adliya vazirlari hamkorlik haqida kelishuv imzolashdi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning adliya vazirlari Dushanbeda o‘tkazilgan uchinchi yig‘ilishlari yakunlariga ko‘ra hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolashdi.

Ikki kunlik tadbir ishida Qozog‘iston, XXR, Qirg‘iziston, RF, O‘zbekiston va Tojikiston vakillari ishtirok etdi.

Imzolangan hujjatda adliya vazirliklari hamkorligining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish