Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada dunyodagi eng yirik ko‘rgazma-yarmarka Canton Fair taqdimoti bo‘lib o‘tadi
2015 yilning 25 avgustida Farg‘onada eng yirik eksport va import tovarlari ko‘rgazma-yarmarkasi Canton Fair tashkilotchilari bilan navbatdagi anjuman bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma-yarmarka joriy yilning 15-19 oktabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonning barcha viloyatlari tadbirkorlari Farg‘onaga yarmarkaning maxsus taqdimotiga keladilar. Bu taqdimot Canton Fair yarmarkasiga safar uyushtirish shartlari, yangi yo‘nalishlar va ko‘rgazmaga qo‘yilayotgan mahsulotlar, uskunalarni sotib olish va O‘zbekistonga yetkazish imkoniyatlari, Xitoy tomoni bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va shartnomalar tuzish haqidagi ma'lumotlarni bilishga imkon beradi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik jadal rivojlanmoqda va natijada borgan sari talabchan bo‘lib bormoqda. Shuning uchun bugungi kunda O‘zbekistonda amaliy qiziqishga va biznesda natijaga eg bo‘lgan narsani taklif qilish muhim hisoblanadi.
Bunday ko‘rinishdagi uchrashuvlar yetkazib beruvchilar haqida dolzarb va haqqoniy ma'lumot olishga imkon beradi, buning evaziga xarid qiluvchi kompaniyalar o‘z sarmoyalarini foydali, minimal xatarlar va yo‘qotishlar bilan sarflay oladilar.
118-Kanton yarmarkasi taqdimoti Farg‘onadagi “Osiyo” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Tadbirni Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi, International Business Travel kompaniyasi va O‘zbek-Xitoy savdo uyi tashkil etmoqda.
Ma'lumot uchun, Kanton yarmarkasi xitoylik ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda xorijiy kompaniyalar ham o‘z mahsulotlarini namoyish qiluvchi, o‘zining ko‘lami va taklif etilayotgan mahsulotlari hajmi bo‘yicha analogiga ega emas. Bu ko‘rgazmada texnikadan tortib barcha turdagi uskunalar, mebel, kiyim-kechakva oziq-ovqat mahsulotlarigacha hamma narsani uchratish mumkin. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar soni allaqachon 1 mln kishidan oshib ketgan.