15:13 / 20.08.2015
2253

FBX sanktsion mahsulotlar olib kirganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda

Federal bojxona xizmati (FBX) Rossiya hududiga sanktsion mahsulotlar olib kirganlik uchun jinoiy javobgarlik tayinlanishini taklif qilmoqda. Qaror matni normativ aktlar federal portalida e'lon qilindi.

Muassasa vakillarining fikricha, sanktsion mahsulotlar uchun ma'muriy javobgarlikning o‘zi yetarli emas. Ayni paytda ushbu qonunbuzarlik uchun 100-300 ming rublgacha jarima belgilangan.

Hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilgan bo‘lib, ushbu jarayon 3 sentabrga qadar davom etadi. Agarda qonun loyihasi qabul qilinsa, u 2016 yil mart oyidan kuchga kiradi.

Top