Jahon | 11:31 / 20.08.2015
8966
1 daqiqa o‘qiladi

Floridalik g‘avvoslar cho‘kib ketgan kema ichidan 4.5 mln dollarlik xazina topib olishdi

Floridadagi Verona-Bich sohilida g‘avvoslar bir necha asrlar suv ostiga g‘arq bo‘lgan ispan kemasi ichidan tangalar xazinasini topib olishdi. 11Alive News portalining xabar berishicha, topilmaning umumiy qiymati 4.5 mln dollarga baholanmoqda.
1715 yili Floridada po‘rtana chog‘ida Kubadan qaytayotgan ispan flotining 11 kemasi halokatga uchragan edi.

Qidiruv jamoasi kapitani, flotiliya yuklarini qidirish huquqining egasi Brent Brisbenning aytishicha, topilgan 350 tanganing 9tasi nihoyatda kamyob va qimmatbaho hisoblanadi. Royal deb atalgan ushbu tangalar Ispaniya monarxi Filipp V uchun maxsus zarb qilingan edi.

Bir oy muqaddam Brisben jamoasi shu hududda boshqa bir xazinani topib olgan edi.
Ayni paytda davlat vakillari xazinani narxlash bilan shug‘ullanmoqda. Xazinaning 20 foizi davlat hisobiga o‘tkaziladi, qolgan qismini Brisben jamoasi bilan bo‘lishib oladi.