Jahon | 02:44 / 20.08.2015
2450
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 2015 yilning 7 oyida boshpana berish haqida 2014 yildagidan ko‘proq ariza topshirildi

Germaniyada joriy yilning 7 oyida butun 2014 yildagidan ko‘proq boshpana berish haqida ariza topshirildi. Bu haqda Germaniya Ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi. 

Germaniyada yanvar boshidan iyul oxirigacha 218 ming, ya'ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 124,8 foiz ko‘proq kishi boshpana berish haqida ariza topshirgan.

Germaniya Sotsial-demokratik partiyasija Germaniyaga yil oxirigacha 700-800 ming qochoq kelishi mumkinligini taxmin qilinmoqda.  

1992 yilda boshpana berish haqidagi rekord darajadagi, ya'ni 440 mingta ariza topshirilgan edi. 2014 yilda esa 200 mingta ariza topshirildi.

Germaniya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, iyulda 37,5 ming kishi Germaniya hududida boshpana berish haqida ariza topshirgan. Ulardan qariyb 40 foizini Bolqon davlatlari – Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Makedoniya, Serbiya va Chernogoriya fuqarolari tashkil qilmoqda. Eng ko‘p ariza topshirganlar suriyaliklar bo‘lmoqda.

Qochoqlar ko‘plab kelayotgani sababli hujjatlarni topshirish jarayoni ko‘proq vaqt olmoqda va Germaniya Yevropada muhojirlar uchun bosh yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolayotgani ta'kidlanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish