Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada qochoq maqomini olishga arizalar miqdori bir yil ichida 125 foizga oshib ketdi
Germaniyada qochoq maqomini olishga arizalar miqdori joriy yilning 7 oyi ichida 219 ming donani, ya'ni 2014 yilning shu davriga nisbatan 125 foiz ko‘proqni tashkil qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda hukumat bayonotida aytilmoqda.
Qayd etilishicha, iyulda iyunga nisbatan 6 foiz ko‘proq ariza topshirilgan.
Avvalroq nemis hukumati mamlakatda muhojirlar soni 10,9 mln ga yetganini ma'lum qilgan edi. Bu ko‘rsatkich uch yil avvalgi ko‘rsatkichdan 1 mln ga ko‘proqni tashkil qilmoqda va bunday statistika olib borilayotgan davrdan boshlab, ya'ni oxirgi 10 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.