20:38 / 20.08.2015
3074

Google Play’da sanktsion mahsulotlarni yo‘q qilish haqida o‘yin paydo bo‘ldi

Google Play mobil dasturlar do‘konida “Antisanksiyalar: importga o‘t qo‘y” deb nomlangan, sanktsion mahsulotlarni yo‘q qilish haqida o‘yin paydo bo‘ldi.

“Rossiya sanksiyalarga qarshi oziq-ovqat embargosini kiritdi. Kontrabandani o‘tkazib yuborma – chegarani qulflangan holda ushla. Kiritilishi taqiqlangan mahsulotlarni ularning ustiga bosib yo‘q qil. Davlatdagi har bir vatanparvar uchun mo‘ljallangan o‘yin”, deb aytilmoqda o‘yinga berilgan izohda.

Do‘konda o‘yinni bepul yuklab olish mumkin. O‘yin davomida foydalanuvchiga meva, sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlarini ularning ustiga bosgan holda yo‘q qilish taklif etiladi. 

Top