Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya chempionati o‘yinlari 25 yilda birinchi marta 31 dekabrda bo‘lib o‘tadi
Ispaniya La Ligasi rahbariyati chempionatdagi bir qator uchrashuvlarni 30 va 31 dekabrga ko‘chirishga qaror qildi. 2016 yilning 3 yanvarida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yinlar 30-31 dekabr kunlariga ko‘chirildi.
Bu chempionatni 2016 yilning 15 mayida yakunlash imkonini beradi. Buning evaziga Ispaniya terma jamoasi Yevro-2016 ga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘proq vaqtga ega bo‘ladi.
Oxirgi marta Yangi yil arafasida La Ligadagi uchrashuvlar 1990 yilda o‘tkazilgan edi.
31 dekabrda o‘tkaziladigan oxirgi uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boshlanadi.