Jahon | 15:21 / 20.08.2015
2947
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada KXDR tomonidan radiokarnaylar o‘qqa tutilishi bo‘yicha milliy xavfsizlik kengashi chaqirildi

Shimoliy koreyalik harbiylar Janubiy Koreya hududidagi radiokarnaylarni o‘qqa tutganidan keyin janubliklar shoshilinch ravishda milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi. Bu haqda «Renxap» xabar bergan.

Biroz oldinroq, Shimoliy Koreya tomoni chegara hududida janubliklarning tashviqotlarida foydalanilayotgan radiokarnaylarini yo‘q qilmoqchiligi haqida ogohlantirgandi.

Qayd etilishicha, o‘tgan haftada chegarada Janubiy Koreya askari jarohatlanganidan keyin janubliklar 11 yildan beri ilk marta radiokarnaylar orqali Pxenyan siyosatini tanqid qiluvchi chiqishlar uyushtirgandi.

KXDR hukumatining bildirishicha, bunday translyatsiyalarning joriy qilinishi urush ochish bilan teng hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish