Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 00:24 / 20.08.2015
1452
1 daqiqa o‘qiladi
Kimi Raykkonen 2016 yilda ham “Ferrari” jamoasida ishtirok etishni davom ettiradi
Finlyandiyalik avtopoygachi Kimi Raykkonen “Formula-1” avtopoygasida 2016 yildagi mavsumda ham “Ferrari” safida ishtirok etadi. Bu haqda italyan avtomobilining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq OAVda 2007 yilgi jahon chempioni muvaffaqiyatsiz ishtiroklari sababli keyingi mavsum uchun shartnoma olmasligi mumkinligi xabar qilingandi. 2014 yilgi mavsumda avtopoygachi 12-o‘rin olgan, bu yilda hozircha 5-o‘rinda ketmoqda.
Raykkonen ikkinchi yil ketma-ket nemis avtopoygachisi Sebastyan Fettelning sherigi bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish