Jahon | 17:15 / 20.08.2015
5598
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradagi harbiylarni to‘la jangovar holatga keltirdi

Shimoliy Koreya o‘zining demilitarizatsiya (harbiy kuch kiritish mumkin bo‘lmagan hudud - Kun) hududida harbiy trevoga e'lon qildi. Bu haqda TASS Koreya Respublikasi mudofaa vazirligi ma'lumotlariga tayanib xabar tarqatdi.

«Biz olgan ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya o‘zining demilitarizatsion hududida harbiy trevoga ko‘tardi. Hozirda u yerdagi qo‘shin butunlay jangovar holatda turibdi», deyiladi manbada.

Shuningdek, manbada qayd qilinishicha, mazkur hududni kuzatish ma'lum miqdorda cheklab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Koreya shimolliklar bilan otishmalardan keyin o‘zining yuqori darajadagi harbiylarini jangovar holatga tayyorlagani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish