Jahon | 15:10 / 20.08.2015
4541
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR Janubiy Koreyadagi radiokarnaylarni o‘qqa tutishni boshladi

Shimoliy koreyalik harbiylar Janubiy Koreya hududidagi radiokarnaylarni o‘qqa tutdi. Bu haqda KBS telekanalining tvitteri orqali xabar tarqatilgan.

"Renxap" agentligining yozishicha, rasmiy Seul bu hodisa zararlarini hisoblab chiqqan.

Biroz oldinroq, Shimoliy Koreya tomoni chegara hududida janubliklarning tashviqotlarida foydalanilayotgan radiokarnaylarini yo‘q qilmoqchiligi haqida ogohlantirgandi.

Qayd etilishicha, o‘tgan haftada chegarada Janubiy Koreya askari jarohatlanganidan keyin janubliklar 11 yildan beri ilk marta radiokarnaylar orqali Pxenyan siyosatini tanqid qiluvchi chiqishlar uyushtirgandi.

KXDR hukumatining bildirishicha, bunday translyatsiyalarning joriy qilinishi urush ochish bilan teng hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish