21:15 / 20.08.2015
3570

Messining Facebook’dagi obunachilari soni 80 mln nafardan oshib ketdi

“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining Facebook’dagi obunachilari soni 80 mln nafardan oshib ketdi. 

“Biz Facebook’da 80 millionga yetdik! Kunma-kun qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun barchangizga rahmat, bu hayratlanarli! Hammangizni quchib qolaman!”, deb yozdi shu munosabat bilan Messi ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.

Shu bilan birga Messi Facebook’dagi eng ommaviy futbolchi hisoblanmaydi – “Real klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning ijtimoiy tarmoqdagi obunachilari soni 105 mln nafardan ko‘proqni tashkil qiladi.

Top