Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 18:41 / 20.08.2015
3131
1 daqiqa o‘qiladi
Momaqaldiroq urishi natijasida Google kompaniyasining Belgiyadagi data-markazi vaqtincha ishlamay qoldi
Google kompaniyasining Belgiyadagi qattiq diski joylashgan data-markazini to‘rt marta momaqaldiroq urishi natijasida tizim ma'lum muddat ishlamay qoldi.
Kompaniya mutaxassislarining qayd qilishicha, data-markaz chaqmoqqa, atmosfera chiqindilariga qarshi himoya vositalariga ega bo‘lgan. Shu boisdan chaqmoq urishi binoning o‘zidan emas balki mahalliy elektr tarmog‘idan o‘tgan.
Keyinroq Google foydalanuvchilari texnik ishlar olib borilishi natijasida o‘z ma'lumotlar bazasini qayta tiklab olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish