16:09 / 20.08.2015
4892

Nazarboyev: tanganing erkin kursi biznesmenlar talabiga ko‘ra joriy qilindi

Tanganing erkin kursi qozog‘istonlik biznesmenlar talabiga ko‘ra joriy qilingan edi, shu yo‘l bilan ular o‘z raqobatbardoshligini oshirmoqchi bo‘lishgan edi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bayonot berdi.

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov mamlakatda yangi pul-kredit siyosati amalga oshirilishini e'lon qilib, buning asosida tanga kursining erkin shakllanishini belgilab berdi va valyuta koridorini bekor qildi. Bu bayonotdan so‘ng Qozog‘iston fond birjasida tanganing dollarga kursi keskin tushib ketib, 255-259 tangagacha bordi.

“Hukumat va milliy bank tomonidan qabul qilingan qaror eksportchilar, tadbirkorlar milliy palatasi, kichik va o‘rta biznes talabiga ko‘ra amalga oshirilgan edi. Raqobatbardoshlikni oshirish yo‘li bilan biz korxonalardagi ish o‘rinlarini saqlab qolishimiz mumkin”, – dedi Nazarboyev biznes vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida.

“Istiqbolda biz vaziyatning yaxshilanishini kutmoqdamiz, bu inqirozdan o‘tish va iqtisodiy o‘sishni ta'minlaydi, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyoti retsessiyadan saqlanadi”, – qo‘shimcha qildi u.

Top