Sport | 16:25 / 20.08.2015
1682
1 daqiqa o‘qiladi

Otamendi «Siti»ga o‘tib orzulari ushalganini ta'kidladi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi safiga yangi kelib qo‘shilgan Nikolas Otamendi yangi jamoasidagi maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.

«Men bu yerga o‘zimning eng yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsatish uchun keldim. «Manchester Siti»ning yanada yuqoriroq cho‘qqilarni zabt etishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni amalga oshirishga tayyorman va buning uchun tinimsiz harakat qilaman».

«Umid qilamanki, biz juda ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritamiz. Bu eng asosiysi. Xuddi tush ko‘rayotgandekman. Bunday ajoyib jamoaga o‘tish – orzularimning ushalishi», deya 27 yoshli futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Manchester Siti» rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Otamendi 45 million yevro evaziga manchesterliklar tarkibiga kelib qo‘shildi va yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish