23:00 / 20.08.2015
3938

O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri janubiy koreyalik profesorlar bilan uchrashdi

2015 yil 13 avgustda O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida vazir A.Abduhakimov va Janubiy Koreyaning sobiq moliya vaziri Pak Jye Yun boshchiligidagi Janubiy Koreyaning bir qator universitetlari professorlari delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vazir mehmonlarga ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan  ishlar haqida atroflicha aytib o‘tdi. Vazir har yili O‘zbekistonda 500 mingga yaqin o‘quvchi kasb-hunar kollejini bitirib, mehnat bozoriga kirishini ta'kidlab o‘tdi. Hukumat tomonidan ularni ish bilan ta'minlashning aniq choralari ko‘rilmoqda – korxonalar kollejlarga biriktirilib, har bir bitiruvchi bilan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash va kelgusida ularni ishga olish bo‘yicha uch tomonlama kelishuvlar tuzilmoqda, kollej bitiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.   

Bitiruvchilarning ish bilan band qilishning yana bir samarali uslubi ularga mikrokreditlar ajratish yo‘li bilan ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish bo‘lmoqda.

2015 yilning ikkinchi yarmida Farg‘ona, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Buxoro viloyatlarida, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonda kollej bitiruvchilarini ularning o‘z bizneslarini ochishda qo‘llab-quvvatlash yo‘li orqali tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha o‘z samaradorligini namoyon qilgan katta ishlar o‘tkazildi.    

Top