18:22 / 20.08.2015
3057

O‘zbekiston singapurlik turistlar oqimini ko‘paytirmoqchi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Singapurning Changi aeroporti ma'muriyati bilan hamkorlikda singapurliklarni O‘zbekiston tarixi bilan buguni bilan tanishtirishga qaratilgan yirik marketing kampaniyasini tashkil etdi.

O‘zbekistonga Singapurdan keladigan turistlar sonini ko‘paytirish maqsadida Changi aeroporti terminallarida maxsus ekspozitsiya tashkil etilib, unda Samarqand, Buxoro, Xiva va Xorazm tarixiy-me'moriy yodgorliklarining maketlari va fotosuratlari, shuningdek, an'anaviy liboslar va amaliy san'at namunalari joylashtirildi. Har uchala terminalda, shuningdek, O‘zbekiston haqidagi batafsil ma'lumot berilgan 15ta ko‘rgazma kompozitsiyasi o‘rnatildi. Aeroport yo‘lovchilari ushbu materiallar orqali O‘zbekistonning turistik salohiyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

O‘tgan yilning aprelida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ochilganidan buyon “O‘zbekiston havo yo‘llari” Changi aeroporti kompaniyalari guruhi bilan hamkorlikda Singapurda bir qator reklama aksiyalarini o‘tkazdi. Ushbu aksiyalar doirasida reklama stendlari Singapur metropoliteni bekatlarida joylashtirildi, mahalliy matbuotda O‘zbekiston haqida materiallar chop etildi, turistik agentliklar ishtirokida ko‘rgazma va uchrashuvlar o‘tkazildi.

Top