16:32 / 20.08.2015
2830

Qizil dengizda 37 nafar sayyohni olib suzayotgan kema cho‘kib ketdi

Misrda bortida 37 nafar sayyoh bo‘lgan kema Qizil dengizda cho‘kib ketdi. Bu haqda TASS, Misrning «Al-Mo‘g‘oz» axborot agentligi tarqatgan ma'lumotlarga tayanib, xabar qildi.

Hozircha voqea natijasida jabr ko‘rgan va halok bo‘lganlar haqida ma'lumotlar tarqatilmagan.

Qayd qilinishicha, suvga g‘arq bo‘lgan kema bortidagi sayyohlarning 27 nafari fransuz fuqarolari bo‘lishgan.

Top