Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qohiradagi portlash qurbonlari soni 29 nafarga yetdi
Misr poytaxti Qohira shahridagi Sud va xavfsizlik kengashi binosi odida yuz bergan portlash natijasida qurbon bo‘lganlar soni kamida 29 kishi bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning 6 nafari politsiya vakillari edi. davlat telekanali bergan xabarga ko‘ra, bu terakt mashinaga o‘rnatilgan portlovchi moddaning harakatga keltirishi orqali yuz bergan.
Ayni vaqtda voqea joyida xavfsizlik xizmati xodimlari ish olib borishmoqda.
Biroz oldinroq, Qohira shahri yaqinidagi Shubr-el-Xeyme shahrida yuz bergan portlash tufayli 23 kishi shifoxonaga keltirilgani xabar qilingandi.