Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiyada moliyaviy jinoyatlarda ayblanayotgan bosh vazirning uyi hibs etildi
19 avgust kuni Ruminiya bosh vaziri Viktor Pontaning xonadoniga band solindi. Hukumat rahbari soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda va noqonuniy pullarni legallashtirishda ayblanmoqda.
Milliy aksilkorruptsion direktorati tarqatgan xabarga ko‘ra, Ponta uning davlat manfaatlariga 51.3 ming ley (12 ming dollar) yetkazgani haqidagi ekspertiza natijalarining nusxasini olgan.
Bosh vazir hujjatlarni soxtalashtirishda, soliq to‘lashdan qochish va mablag‘ni legallashtirishda ma'lum shaxslarga yordam berishda ayblanmoqda. Bu ishlarni u advokatlik faoliyati davomida “Shova va hamkorlar” byurosi va advokat Dana Shova yordamida amalga oshirgani aytilmoqda.
Firma Pontaga u bajarmagan ishga 181 ming ley pul to‘lagan, ammo bu pullardan soliq to‘lanmagan. Siyosatchining o‘zi bu ayblovlarni inkor qilmoqda.
“Siyosiy kurash nohaq yo‘llar bilan olib borilayotgani achinarli”, – deb yozdi Ponta Facebook’dagi sahifasida.