17:47 / 20.08.2015
2645

Samsung mobil bozori bo‘yicha rahbar xodimlar maoshini 7 baravargacha qisqartirdi

Samsung Electronics kompaniyasi mobil bozordagi foyda ulushining qisqarib borishi natijasida kompaniyaning mazkur tarmog‘ida faoliyat yurituvchi menejyerlarining oyligini qisqartirdi. Bu haqda Chaebul.com internet nashri xabar tarqatdi.

2015 yilning birinchi yarimyilligi yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning IT mobil kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari (Samsung IT & Mobile Communications) Cin Chjong Kyun (Jyey Key Shin sifatida tanilgan) 1,64 mlrd von (taxminan 1,4 mln dollar) ishlab topgan. Bu uning bir yil oldingi oylik maoshidan 7 baravar kam degani.

Eng ko‘p maosh oluvchi Kvong O-Xyungning joriy yil yarimyillikdagi daromadi 2,95 mlrd vonni (taxminan 2,5 mln. dollar) tashkil qilgan. O‘tgan yilda bu boradagi uning maosh ko‘rsatkichi 5,4 mlrd vonni (4,6 mln dollar) tashkil qilgandi.

Top-menejyerlar oyligining bu darajada qisqartirilishiga Samsung kompaniyasining so‘nggi paytlardagi moliyaviy ko‘rsatkichlarining pasayishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bayroqdor smartfonlar sotuvining qisqarishi natijasida korxonaning so‘nggi chorakdagi daromadi 8 foizga qisqargan.

Top