O‘zbekiston | 18:18 / 20.08.2015
2624
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida ekoturizm rivojlantiriladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2015-2017 yillarda Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish sanoatini yanada oshirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish va ekoturizm obektlarini yaratish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz sayti xabar bermoqda.
Dastur o‘z ichiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va servis parametrlarini, shuningdek, manzilli dasturlarni oladi.

Dastur ijrosi uchun muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzilib, uning birlamchi vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, dasturda ko‘zda tutilgan holatlar bo‘yicha davlat organlariga ko‘rsatmalar berildi.

2015 yil oxiriga qadar Guliston va Sirdaryo shaharlarida biznes markazlari yaratish, ularda zamonaviy aloqa xizmatlaridan foydalanish joylari yaratish, tadbirkorlik sub'yektlariga turli xizmatlar ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish