Jahon | 20:25 / 20.08.2015
4340
1 daqiqa o‘qiladi

Tengening qadrsizlanishi Qozog‘iston byudjyetiga 1 mlrd dollar zarar keltiradi

Tengening qadrsizlanishi Qozog‘iston byudjyetiga 264 mlrd tanga (20 avgustdagi birja kursi bo‘yicha taxminan 1 mlrd dollar) zarar keltiradi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda MIA “Kazinform”.

“Biz hozirdayoq byudjyetimiz bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashganini ko‘rmoqdamiz. 2015 yilda byudjyetga tushmagan daromad 264 mlrd tengega baholanmoqda. Biz bu mablag‘larni byudjyetning daromad qismida rejalashtirgan edik, ularni turli qurilish ishlari, dasturlarga sarflamoqchi edik”, deb ta'kidlamoqda Nazarboyev.   

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish