10:37 / 20.08.2015
5309

Tengening dollarga nisbatan narxi 26 foizga kamaydi

Qozog‘iston milliy valyutasi bahosi KASE savdolari chog‘ida dollarga nisbatan 26 foizga tushib, 1 dollarga nisbatan 255,26 tengeni tashkish etdi. Bunga Qozog‘istonning erkin suzuvchi valyuta kurslariga asoslangan yangi pul-kredit tizimiga o‘tgani sabab bo‘ldi.

Bu haqda respublika bosh vaziri Karim Masimov hukumatdagi selektor yig‘ilishida ma'lum qildi.

Sotuvlar hajmi 115.55 ming dollarni tashkil qildi. Unda 25 bank ishtirok etdi. 20 avgust kuniga rasmiy kurs 188.38 tanga/1 dollarni tashkil qilmoqda. Ammo kechaning o‘zida ayirboshlash shoxobchalarida valyuta olish qiymati 189 tangadan 198 tangaga ko‘tarilgan.

Top