09:50 / 20.08.2015
1866

Terri «Fenerbaxche»ga o‘tishi mumkin

Turkiyaning vitse-chempion jamoasi "Fenerbaxche" "Chelsi"ning faxriy futbolchisi Jon Terrini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Turklar 36 yoshli bu futbolchi uchun o‘ta qulay taklif bilan chiqishgan.

"Sport-Ekspress" nashri xabariga ko‘ra, "Fenerbaxche" Terri Londonni tark etishga rozi bo‘lsa, u bilan yiliga 3,5 mln yevrolik maosh to‘lashni nazarda tutadigan shartnoma imzolamoqchi.

Joriy yozgi transferlar vaqtida "kanareykalar" jamoasi faol harakat qilmoqda. "Fenerbaxche" APLda uzoq vaqt to‘p surgan Robin van Persi hamda Nanini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga ulgurgan.

Terrining esa amaldagi shartnomasi kelgusi yilning yozida nihoyasiga yetadi. Bu esa mavsum yakuniga yetgach, u jamoani erkin agent sifatida tark etishini anglatadi.

Mourino Terrini APLning ikkinchi turida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinning birinchi taymidan keyin almashtirib tashlagani ham uning ketishi haqidagi gap-so‘zlarga sabab bo‘lmoqda.

Terriga munosib o‘rinbosar sifatida "Everton" futbolchisi Jon Stounz hisoblanmoqda. Unga "aristokratlar" 40 mln yevrolik taklif bilan chiqmoqchi.

Top