O‘zbekiston | 12:29 / 20.08.2015
2697
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent ishbilarmonlar faolligi bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi o‘rinda turadi

Toshkent ishbilarmonlar faolligi bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi o‘rinda turadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati iqtisodiy boshqarmasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sektori boshlig‘i Svetlana Daluxova bayonot berdi.

19 avgust kuni Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilgan “Tadbirkorlar manfaatlari sug‘urta himoyasi ostida” mavzuidagi matbuot anjumani chog‘ida u poytaxtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini ta'kidlab o‘tdi. Jumladan, yangi kichik biznes sub'yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni bir qadar osonlashtirildi. Soliq hisobotlarining miqdori va muddatlari qisqartirildi.

“O‘zbekiston moliya vazirligi tomonidan har yili e'lon qilib boriladigan reytingda mamlakatning barcha shaharlari ichida Toshkent ishbilarmonlar faolligi jihatidan eng yuqori o‘rinda turibdi”, – uning so‘zlarini keltiradi “Jahon” axborot agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish