17:42 / 20.08.2015
4300

Tyantszinda daryo baliqlarining ommaviy nobud bo‘lish holatlari kuzatilmoqda

Tyantszin ekologik xizmatlari mutaxassislari shahar bo‘ylab oqib o‘tuvchi Xayxe daryosidagi baliqlarning ommaviy nobud bo‘layotgani haqidagi xabarlarni tekshirmoqda. Bu haqda Tyantszin shahri ekologik monitoring markazi rahbari Den Syaoven ma'lum qilgan.

“Hodisa joyiga mutaxassislar yuborilgan bo‘lib, buning sabablari o‘rganiladi, – dedi Den Syaoven. — Baliqlar o‘limiga issiq harorat tufayli suvdagi kislorodning kamayib ketishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Ayni paytda hodisa joyida bo‘lgan barcha zararlangan suvlar yo‘li yopilgan. Xayxe suvlarida asosiy zaharli moddalar miqdori me'yoridan oshmagan.”

XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, porlash sodir bo‘lgan joyda 3 ming tonnaga yaqin havfli kimyoviy moddalar, jumladan, 700 tonna sianid natriy, 800 tonna nitrat ammoniy va 500 tonna nitrat kaliy saqlanayotgan bo‘lgan.

Top