Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina MDH davlatlari qidiruv bazalari tizimidan chiqadi
Ukraina hukumati MDH davlatlari qidiruv bazalari tizimidan chiqishini e'lon qildi, deya xabar bermoqda «112 Ukraina» telekanali.
Mamlakat bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning ta'kidlashicha, qaror 24 avgustdan kuchga kiradi.
«24- sanadan boshlab biz MDH davlatlari qidiruv bazalari deb nomlangan tizimdan chiqamiz. Chunki Moskva bizning protsessual topshiriqlarimizni bajarmayapti. Bizning Interpol ma'lumotlar bazasiga ulanishimiz jinoyatchilarni qidiruvchi yagona xalqaro tizimning bir qismiga aylanganimizni anglatadi”, — dedi bosh vazir.
Ukraina IIV 2015 yil yanvar oyidayoq “jinoyatchilarni qidirish haqidagi ma'lumotlarni MDH bazasiga kiritishni to‘xtatish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilgan edi.