Sport | 01:06 / 20.08.2015
5458
2 daqiqa o‘qiladi

Viner-Usmonova erkaklarning badiiy gimnastikada ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi

Rossiya badiiy gimnastikasi federatsiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonova erkaklarning badiiy gimnastikada paydo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini hamda badiiy gimnastikada aralash chiqishlar paydo bo‘lishini yoqlab chiqishini aytdi. 

Sinxron suzishda aralash chiqishlar yaqinda Qozonda bo‘lib o‘tgan suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionatining dasturiga birinchi marta kiritildi. 

“Agar ayollar boksda, futbolda va og‘ir atletikada bo‘lsa, nima uchun erkaklar sinxron suzish yoki badiiy gimnastikada paydo bo‘la olmaydilar? Men ularning paydo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlayman. Biz erkaklar gimnastikasi bo‘lishini juda istayapmiz, biroq Badiiy gimnastika xalqaro federatsiyasining hozirgi rahbariyati uni hattoki noolimpiya o‘yini darajasida ham qabul qilishni istamayapti”, deb aytdi Viner-Usmonova jurnalistlarga.

“Men, shuningdek, badiiy gimnastikada aralash juftliklar paydo bo‘lishi tarafdoriman. O‘g‘il bolalarni jalb qilish kerak. Qizlardan so‘rang. Erkaklarsiz gimnastika ularning joniga tekkan”, deb qo‘shimcha qildi Viner-Usmonova. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish