Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleks Sandro “Yuventus” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
"Portu”ning 24 yoshli himoyachisi Aleks Sandro “Yuventus” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Portugaliya klubi o‘yinchi uchun umumiy hisobda 26 mln yevro oladi. Ushbu qiymat uch mavsum davomida to‘lab boriladi.
O‘tgan mavsumda Sandro “Portu” tarkibida Portugaliya chempionatida 29ta o‘yinda maydonga tushgan edi. Futbolchi bir yildan keyin yakunlanishi kerak bo‘lgan shartnomaning uzaytirilishi bo‘yicha taklifni rad etgandan keyin uni sotib yuborishga qaror qilindi.
Sandro “Portu”da 2011 yildan beri to‘p surib kelayotgan edi. U 2011 yilda Braziliyaning “Santos” klubidan 10 mln yevroga sotib olingan edi. Futbolchi Braziliya terma jamoasi safida 6ta o‘yin o‘tkazgan.