Texnologiya | 21:12 / 21.08.2015
2708
1 daqiqa o‘qiladi

Apple Avstraliyada obligatsiyalar hisobiga 1,6 mlrd dollar jalb qildi

Apple kompaniyasi Avstraliyada obligatsiyalar joylashtirishi evaziga 2,25 mlrd Avstraliya dollari yoki 1,6 mlrd dollar AQSh dollari jalb qildi. Bu haqda Australian Financial Review Magazine nashri ma'lum qildi

Kompaniya ikki xildagi obligatsiyalarni: 1,15 mlrd Avstraliya dollariga 110 bazis punktiga daromadlik ostida 7 yillik bondlar va 1,1 mlrd Avstraliya dollariga 65 bazis punktiga daromadlik ostida 7 yillik qog‘ozlarni joylashtirdi.

Bu qimmatbaho qog‘ozlar kompaniyaning Avstraliyada joylashtirgan ilk qimmatbaho qog‘ozlari bo‘ldi. Obligatsiyalar Commonwealth Bank of Australia, Deutsche Bank AG va Goldman Sachs Group Inc. tomonidan chiqarildi. Bondlarning joylashtirilishidan olingan mablag‘lar aksiyalarni sotib olish yordamida aksionerlarga kapitalni qaytarish yoki dividendlarni to‘lash uchun ishlatilishi mumkin, deb aytmoqda Apple rahbariyati.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish