11:58 / 21.08.2015
3907

"Borussiya D" Yevropa Ligasining saralashi o‘yinida 0:3 hisobini g‘alabaga aylantira oldi

Dortmundning "Borussiya" jamoasi 20 avgust oqshomida safarda Norvegiyaning "Odd" jamoasiga qarshi Yevropa Ligasining pley-off uchrashuvida maydonga tushdi.

Bu o‘yinda germaniyaliklar 4:3 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Qayd etish kerakki, o‘yinning 22 daqiqasidayoq mezbonlar 3ta to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olishgandi.

Lekin Tomas Tuxel shogirdlari bu holatni o‘zgartira olishdi va 4:3 hisobidagi irodali g‘alabaga erishishdi. Javob gollari Obameyyang (2ta gol), Kagava va Mxitaryan hisobiga yozildi.

Javob uchrashuvi 27 avgust sanasiga belgilangan.

«Odd» (Shiyen, Norvegiya) — «Borussiya» (Dortmund, Germaniya) — 3:4
Gollar: Samuelsen, 2 (1:0); Nordkvelle, 20 (2:0); Ruud, 22 (3:0); Obameyyang, 34 (3:1); Kagava, 47 (3:2); Obameyyang, 76 (3:3); Mxitaryan, 85 (3:4).

Top