O‘zbekiston | 15:46 / 21.08.2015
15400
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat boshqaruv akademiyasi rektori o‘zgardi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Mannon Aliyevni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinladi. Bu haqda davlat rahbari apparatiga tayangan holda 12news.uz resursi xabar berdi.

Taniqli olim va iqtisodchi, MDH bank institutlari uyushmasi prezidenti o‘rinbosari Mannon Aliyev shu paytga qadar Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Oliygohning ilgarigi rahbari Abdujabbor Abduvohitov boshqa ishga o‘tkazildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish