Jahon | 06:50 / 21.08.2015
1729
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Buyuk Britaniyada elchixona ochishga tayyorligini ma'lum qildi

Eron Londondagi o‘zining elchixonasi ishini qayta boshlamoqchi, deb xabar bermoqda Agence France-Presse axborot agentligi.

Eronning Buyuk Britaniya bilan diplomatik aloqalarni to‘liq hajmda tiklash haqidagi istagini Eron Tashqi ishlar vazirligidagi amaldor shaxs ma'lum qildi

Bundan avval Buyuk Britaniya o‘zining Tehrondagi elchixonasi ishini qayta boshlash haqida qaror qabul qilgani aytilgandi.

2011 yilda Tehronda namoyishchilar Eronga nisbatan kiritilgan g‘arb sanksiyalariga qarshiliklari ifodasi sifatida Buyuk Britaniya elchixonasiga hujum qilishgan. Shundan keyin elchixona yopib qo‘yilgan, Eron ham o‘z navbatida Londondagi diplomatik korpusini yopishga qaror qilgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish