09:23 / 21.08.2015
3005

Eron poyezdlari Turkmaniston temir yo‘llaridan yurish imkoniyatiga ega bo‘ldi

“Eron temir yo‘llari” kompaniyasining bosh direktori Pursaid Og‘oyi Zinjonda yangi vagonsozlik liniyasining ochilish marosimida birinchi marta Eronning 100ta vagoni Turkmanistonga kirganini ma'lum qildi.

Og‘oyining ta'kidlashicha, uning kompaniyasi dasturlarida bir tomondan Rossiya, Markaziy va Shimoliy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz bilan, ikkinchi tomondan Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq, Okeaniya va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan tranzit yuk tashish ishini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Iran.ru saytining ma'lum qilishicha, Eronning 4ta vagonsozlik zavodi 4 yillik tanaffusdan so‘ng qayta ishga tushirildi, ular allaqachon xorijiy kompaniyalar bilan 3.5 ming vagon yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolashga ulgurgan.

Top