Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil samolyotlari Suriyaga havodan zarbalar yo‘lladi
Isroil Harbiy havo kuchlariga tegishli samolyotlar Suriya armiyasi joylashgan hududlarga havo zarbalarini amalga oshirdi. Reyter nashrida yozilishicha, bu hujum Suriya tomonidan yo‘llangan raketalarga javoban amalga oshirilgan.
Aniqlik kiritilishicha, bu havo zarbalarining asosiy qismi Damashqdan 40 km masofadagi Kumetra tumanidagi obektlarga yo‘llangan. Hujum oqibatida jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Biroz oldinroq, Suriyadan uchirilgan 2ta raketa Isroilning Galileye tumaniga, yana 2ta shunday raketa Gollan tepaligi tumaniga kelib tushgani haqida xabar qilingandi. Hozircha bu raketa zarbalarini kim yo‘llagani aniq emas.