Jahon | 17:15 / 21.08.2015
2228
2 daqiqa o‘qiladi

Makedoniya politsiyasi muhojirlarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘lladi

Makedoniya politsiyasi mamlakat hududiga Gretsiyadan o‘tishga harakat qilayotgan minglab muhojirlarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘lladi.

21 avgust kuni 3 mingga yaqin muhojir chegarani buzib o‘tishga harakat qilishdi. Natijada eng kamida 8 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda Gretsiya politsiyasi.

Makedoniya politsiyasi esa muhojirlar buzib o‘tishga harakat qilayotgan temir yo‘l bo‘ylab o‘rnatilgan tikansimli to‘siqlar o‘rnatilgan chegarani bronetexnika bilan qo‘riqlashni kuchaytirmoqda.

Shu bilan birga, qo‘shni mamlakatdan muhojirlar oqimining keskin ortgani tufayli chegaradosh hududlarda favqulodda holat e'lon qilindi. Rasmiy Skope chegarani qo‘riqlashga harbiylar ham jalb etilishi haqida ogohlantirildi.

Makedoniyada Gretsiya hududidan noqonuniy ravishda chegarani buzib o‘tishga harakat ommaviy tus olgani xabar qilindi.

Avvalroq Makedoniya Ichki ishlar vaziri Mitko Chavkov qochqinlarning ommaviy oqimi tufayli zarur choralar ko‘rish va qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatishni so‘rab Yevropa Ittifoqiga murojaat qilgan edi. Payshanba, 20 avgust kuni esa YeI Yevropa Ittifoqi chegaralarida to‘plangan qochqinlar soni iyul oyida rekord darajaga yetib, 107500 kishini tashkil etganini xabar qildi.

20 avgustda, shuningdek, Gretsiya bortida bir necha ming nafarga yaqin muhojir bo‘lgan paromlar mamlakat qirg‘oqlariga yetib kelgani, ularning aksariyati suriyalik ekanini ma'lum qilingandi. Kutilganidek, ular Makedoniya chegarasida to‘planib, qit'a ichkarisiga kirib olishga urinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish