09:47 / 21.08.2015
9638

Misrlik o‘smir qiz plastik chiqindilardan bioyoqilg‘i olishning arzon usulini topdi

Misrlik o‘smir qiz plastik chiqindilardan bioyoqilg‘i olishning arzon usulini topdi. Bu davlatlarga yiliga o‘nlab million dollar tejash imkonini beradi.
Azza Fayyodning ishlanmalari Misr neft ilmiy-tadqiqot instituti diqqatini tortdi.

Qiz o‘z formulasini amalda sinab ko‘rishi uchun muassasa unga o‘z laboratoriyasini taqdim etdi.
Fayyod alyuminiysilikat (aluminisilicate) nomli arzon katalizator topdi, bu plastikni metan va propanga aylantirish xarajatlarini keskin tushiradi. Bu gazlar keyin ayrim olimlar tomonidan “bioyoqilg‘i” deb ataladigan etanolga aylantirilishi mumkin.
Kimyoviy reaksiya jarayonida hosil bo‘ladigan boshqa moddalar ham qayta ishlanib, sotilishi mumkin bo‘ladi.

Misrda har yili millionlab tonna plastik chiqindilar to‘planib qoladi. Fayyodning hisob-kitoblariga qaraganda, uning texnologiyasi yordamida yiliga 78 mln dollarlik plastik qayta ishlanishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, u Misrga har yili 163 mln dollar foyda keltirishi mumkin.
Yevropa Ittifoqi yosh olimlar tanlovi Fayyodning ishlanmasini taqdirlashga ulgurdi. Ayni paytda qiz patent olish ustida ishlamoqda.

Top