Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda gul bayrami bo‘lib o‘tadi
Namangan shahrida 22-23 avgust kunlari 55-marotaba an'anaviy gul bayrami bo‘lib o‘tadi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirda mahalliy ishlab chiqaruvchilar, havaskor gulchilar va san'atkorlar qatnashadi.
Gul bayrami tadbirlari shahar markazidagi Tinchlik stelasi qarshisidagi ramziy darvoza oldida boshlanadi.
Bayram doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari, milliy va dunyo taomlari festivali, kiyim-kechak dizayni ko‘rigi, san'atkorlar ko‘rik-tanlovi, gul yetishtirish bo‘yicha alohida nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi.