Texnologiya | 22:47 / 21.08.2015
3683
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada haydovchisiz boshqariluvchi mikroavtobuslar paydo bo‘ladi

Niderlandiyaga WEpod EZ-10 haydovchisiz elektr mikroavtobuslarining birinchi partiyasi yetkazildi. Bu mikroavtobuslar yo‘lovchilarni umumiy foydalanish yo‘llarida tashishga mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda IamExpat.nl.

Avtobuslar Vageningen universiteti kampusi va Ede-Vageningen xalqaro stansiyasi orasidagi 11 km masofalik yo‘lda harakatlanadi. 

Olti o‘rindiqli ushbu mikroavtobus 25 km/soat maksimal tezlikda harakatlanib, yurish zaxirasi 100 km ni tashkil qiladi. Avtomobil kamera, radar va GPS-navigatorlar bilan jihozlanadi.

Nashrning ta'kidlashicha, bu loyiha Niderlandiya uchun umumiy foydalanish yo‘llaridagi ilk jamoat transporti loyihasi bo‘ladi. Kelgusida mamlakat hukumati WEpod EZ-10 uchun yo‘nalishlarni kengaytirishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish