O‘zbekiston | 18:22 / 21.08.2015
6421
2 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy kirakashlarga qarshi reydlar uyushtiriladi

Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa hududlarida noqonuniy kirakashlik bilan shug‘ullanayotgan haydovchilarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish uchun maxsus reydlar uyushtiriladi.

Uzbekistan Today nashrining Samarqand va Toshkent shaharlari ma'muriyatlariga tayanib ma'lumot berishicha, reydlar bu holatlarning oldini olishga kamlik qilishi mumkin. Ayni paytda noqonuniy odam tashishga qarshi eng yaxshi chora avtoparklardagi avtotransport vositalari sonini ko‘paytirishdir.

“Ochig‘ini aytsak, Toshkentda bunday kirakashlar juda ko‘p. Ularga qarshi kurashish uchun qo‘shma ishchi guruhlar tuzilgan, aynan ular nazorat reydlarini uyushtiradi”, – ma'lum qildi nashrga Toshkent shahar hokimiyati vakili.

Ta'kidlanishicha, viloyatlarda bu boradagi ishlar poytaxtdagidan yaxshiroq ketmoqda.
“Samarqandda noqonuniy kirakashlar kam qoldi. Taksopark haydovchilarining o‘zlari qonunbuzarliklar haqida xabar berishadi. Ular taksi soniga kvota kiritilishidan manfaatdor. Hozir shaharda ishlay oladigan kirakashlarning maksimal miqdori 1.5 ming kishidir”, – ma'lum qildi Samarqand ma'muriyati vakili.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish